Xalq deputatlari Kosonsoy tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi o‘tkazildi
2026-02-19 17:50:00 / Yangiliklar

Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining navbatdagi o‘n oltinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Unda tuman Kengashi deputatlari, hokim o‘rinbosarlari, korxona va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdilar.
Kengash raisi Odilxon Qoriev olib borgan sessiya ishida quyidagi masalalar ko‘rib chiqildi:
-
Tuman hokimining birinchi o‘rinbosari E.Toshpulatovning 2025 yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2026 yilda bajaradigan ustuvor vazifalari;
-
Tuman hokimining o‘rinbosari A.Xudoyberdievning 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2026 yil ustuvor vazifalari;
-
Tuman hokimining o‘rinbosari M.Soibboevning yoshlar muammolarining hal etilishiga ko‘maklashish, yosh avlodning iste’dodi va qobiliyatlarini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha sharoitlar yaratish, sog‘liqni saqlash, xususan tez tibbiy yordam, kafolatlangan bepul tibbiy yordamning ko‘rsatilişi, maktabgacha va maktab ta’limi tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlari hamda 2026 yil ustuvor vazifalari;
-
Tuman hokimining o‘rinbosari G.Shodibekovning 2025 yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2026 yildagi ustuvor vazifalari;
-
Tuman Davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i A.Kholmatovning 2025 yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2026 yildagi ustuvor vazifalari;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.02.2026 yildagi PQ-49-sonli qarorini tuman bo‘yicha ijrosi yuzasidan tuman Kambağallikni qisqartirish va bandlik bo‘limi boshlig‘i H.Haydarovning hisoboti;
-
Tuman tibbiyot birlashmasi boshlig‘i vazifasi bajaruvchisi S.Kamoliddinovning “Sog‘liqni saqlashni rivojlantirishga oid” davlat dasturlarining bajarilishi, kasalliklar profilaktikasining holati hamda 2026 yil amalga oshiriladigan ustuvor vazifalari;
-
Tuman Yoshlar ishlari agentligi boshlig‘i S.Sattorovning 2025 yilda amalga oshirgan ishlari hamda 2026 yil amalga oshiradigan ustuvor vazifalari;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-133-sonli qarori bo‘yicha tuman elektr ta’minoti korxonasi rahbari R.Mahmudovning 2025 yil davomida amalga oshirgan ishlari hamda 2026 yil ustuvor vazifalari;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 02.08.2022 yil PQ-342-sonli qarori bo‘yicha “Namangan suvta’minot” AJ Kosonsoy tuman filiali boshlig‘i F.Isoqjonov tomonidan 2025 yilda amalga oshirilgan ishlari hamda 2026 yilda amalga oshiradigan ustuvor vazifalari;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 13.12.2017 yil PF-5283-sonli Farmoni ijrosi bo‘yicha tuman mahalliy byudjetining 2025 yil 4-chorakda bajarilishi, 2026 yil boshiga aniqlangan erkin qoldiq mablag‘larning sarflanishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 30.01.2025 yil PF-17-sonli farmoniga asosan Kosonsoy tuman hokimligi huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘larini yo‘naltirish;
-
Tuman adliya bo‘limining 2025 yilda tuman tashkilot va idoralarida huquqni qo‘llash va norma ijodkorligi bo‘yicha axboroti;
-
Xalq deputatlari Kosonsoy tuman Kengashining 2026 yilga mo‘ljallangan ish rejasini tasdiqlash to‘g‘risida;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.02.2026 yil PQ-49-sonli qarorini tuman bo‘yicha ijrosini ta’minlash to‘g‘risida;
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 05.02.2026 yil PQ-48-sonli qarorini tuman bo‘yicha ijrosi hamda boshqa masalalar ko‘rib chiqildi.
Bahs va munozaralar bilan o‘tgan sessiya yakunida Xalq deputatlari tuman Kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.
