Tuman hokimi "To'qqiztepa" mahalla aholisi bilan uchrashdi
2026-01-12 17:35:00 / Yangiliklar

Bugun tuman hokimi Ruslan Ro'ziyev aholi bilan ochiq muloqot o‘tkazdi. Fuqarolarning muammoli murojaatlari eshitilib, joyida ijobiy yechish choralari ko'rildi va bu bo'yicha mas’ullarga aniq topshiriqlar berildi.
Shuningdek, uchrashuv davomida faollar ishtirokida mahallada tinchlik, tartib va hamjihatlikni ta’minlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish, ko'cha, xonadonlarda tozaligi, obodonlashtirish ishlarini tashkil etish bo'yicha aholi bilan hamjihatlikda ishlar olib borilishi belgilandi.
