Yangilanayotgan istirohat bog‘i – yangi kayfiyat, xalq uchun quvonch maskaniga aylanadi!
2026-01-12 18:35:00 / Yangiliklar

Konimex tumani markazida joylashgan istirohat bog‘ida ta’mirlash, drayver loyihalar amalga oshirish orqali zamonaviy qiyofaga keltirilmoqda. Endilikda bu maskan tumandagi eng ko‘rkam tashrifgohlardan biriga aylanmoqda.
Loyihaga ko‘ra, aholi uchun so‘lim hududda dam olish, madaniy hordiq chiqarish, turli tadbir va sayllardan bahramand bo‘lish imkoniyatlari yaratiladi, zamonaviy favvoralar qurilish ishlari yakunlanish arafasida.
Tuman hokimi Ruslan Ro‘ziyev hududda olib borilayotgan qurilish ishlari bilan tanishib, mas'ullarga tegishli ko'rsatmalar berdi.
