Kitob tuman fermerlari kengaşi rayosati a’zolarining fermerlarga MUROJAATI
2026-11-20 10:00:00 / Yangiliklar

Hurmatli dehqon va fermerlar!
Qişloq xöjaligida global iqlim özgarişi va suv tanqisligi şaroitida mahsulot yetiştirişni köpaytiriş orqali xalqimizni sifatli oziq-ovqatga, jumladan, non va non mahsulotlariga ehtiyojini ta’minlaş ustuvor vazifamizdir.
Davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan köplab farmon va qarorlar Siz, dehqon va fermerlarning qişloq xöjaligi mahsulotlarini yetiştirişdagi ulkan yutuqlaringizga mustahkam zamin yaratmoqda.
Aynan Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 9 dekabrdagi “Paxtaçilik va ğallaçilikda hosildorlikni oşiriş uçun yuqori samarador intensiv agrotexnologiyalarni qöllaşning qöşimça çora-tadbirlari töğrisida”gi PQ-370-sonli qarori bilan fermerlarga katta imtiyoz va vakolatlar berildi.
Jumladan, zamonaviy intensiv agrotexnologiyalarni keng joriy etiş, ilm-fan yutuqlari va ustoz-şogird an’analariga asoslangan yangi tizimni joriy etiş orqali hosildorlikni oşiriş, hosildorlikni ğallaçilikda 100 va undan yuqori tsentnergaça yetkaziş borasida davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çoralari belgilandi.
Ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklarini moliyaviy qöllab-quvvatlaş maqsadida 2026 yil hosilidan boşlab ğallani öz mablağlari yoki tijorat kreditlari hisobidan yetiştirib, uni belgilangan tartibda birja savdolari yoki davlat resursi uçun realizatsiya qilgan fermer xöjaliklariga mahsulot qiymatining 10 foizi miqdorida subsidiya berilişi yölga qöyildi. Buning natijasida viloyatda 2026 yilda köplab ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklari uşbu imtiyozdan foydalanmoqda.
Yangi Özbekistonimizning 2027 yilgi ulkan ğalla xirmonini omilkor dehqonlar, fermerlar, suvçilar, agronom va mexanizatorlar hamda sohaning fidoiy olimlari, tajribali mutaxassislarning zahmatli mehnatlari evaziga yaratilişini hammamiz his qilib turibmiz.
Qadrli fermerlar!
Sohaning olim va mutaxassislarining tavsiyalariga hamda dehqonlar ta’biri bilan aytganda, “Yil yilga öxşamaydi”, bugungi kunda ğalla maydonlarini parvarişlaşda özgaça agrotexnik tadbirlarni amalga oşirişni davr şiddati taqoza etmoqda. Jumladan:
Ğallada yuqori va sifatli hosil oliş barça agrotexnik tadbirlarni öz muddat va me’yorlarida, tizimli ravişda bajarişga bevosita boğliqdir. Bunda yerni tayyorlaş, uruğni sifatli ekiş va maysalarni töliq undirib olişdan tortib, ularni ilmga asoslangan yangi intensiv usullarda oziqlantiriş hamda taşqi stress omillaridan işonçli himoya qilişgaça bölgan barça tadbirlar bir-biri bilan çambarças boğlangan yagona texnologik zanjirni taşkil etadi.
Ayniqsa, kuzgi vegetatsiya davrida ğalla maysalarini töğri parvarişlaş ösimlikning jadal ösişi hamda kafolatli möl hosil yaratilişi uçun mustahkam zamin hisoblanadi.
Şu maqsadda dalangizdagi maysalar 1–2 barg fazasidan boşlab kremniy, bor kislotasi va aspirin kabi mikroöğitlar bilan bargdan oziqlantiriş tavsiya etiladi. Bu mikroöğitlar qöllanilganda nihollar soğlom va baquvvat rivojlanib, qişning sovuqlaridan betalofat çiqadi.
Buning uçun har bir fermer bugundan boşlab bir gektariga 250 grammdan 500 grammgaça bor kislotasi, 200–300 millilitr kremniy va 500 milligramm aspirinni ösib çiqqan maydonlarga sepsa, qişda juda yaxşi böladi, hosildorlikni sovuqdan saqlaydi hamda bahorda bir vaqtning özida boşoqlaşga kiradi.
Lalmi maydonlarga ğalla ekkan fermerlar tomonidan ham uşbu tadbirni amalga oşirişni tavsiya etamiz.
Buning uçun esa bugundan har bir fermer xöjaligi rahbari öz ğalla dalasida “Zarbdor bir oylik” e’lon qilişi lozim.
Aziz mirişkor dehqon va fermerlar!
Kitob tuman fermerlari kengaşi rayosati a’zolari, tegişli soha olim va mutaxassislari tomonidan ğalla yetiştiruvçi fermer xöjaliklariga va klasterlarga 2027 yilda har bir gektar ğalladan 100 tsentnerdan yuqori hosil oliş uçun “Zarbdor bir oylik” e’lon qilib, quyidagi tadbirlarni amalga oşirişni maqsadga muvofiq, deb hisoblaymiz:
birinçidan, harKuzgi boşoqli don ekinlarini ekiş uçun yer tayyorlaşda yoki ekiş bilan birga fosforli öğitlar kam berilgan yoki umuman berilmagan ğalla maydonlariga tarkibida fosfor miqdori köp bölgan suyuq holatdagi biostimulyatorlar bilan gektariga kamida 2 litr hisobida (1–2 va 3–4 barg fazasida) havo harorati 12–15 °C bölganda bargdan suspenziya usulida qöllaş zarur. Bu ozuqaning barg orqali 90–95 foizgaça sörilişini ta’minlab, ildiz rivojlanişini 2 barobar kuçaytiradi.
Aziz fermer va dehqonlar!
Barçangizni yuqoridagi tadbirlarni öz vaqtida amalga oşirişga çorlab, iqtisodiyotimizni yuksaltirişga, ona yurtimiz yanada obod bölişi uçun munosib hissangizni qöşişga hamda “Dolzarb bir oylik”da ğallani öz muddatlarida parvarişlaş va yuqori hosil olişga da’vat etamiz!
Kitob tuman fermerlari kengaşi rayosati a’zolari
