Kitob tumani Içki işlar bölimi boşliği Xudoyberdiev Yaşin Erkin öğlining tuman aholisiga MUROJAATI
2026-11-09 19:00:00 / Yangiliklar

Hurmatli Kitob tumani aholisi!
Yurtimizda tinçlik va osoyiştalikni ta’minlaş, jamoat tartibini saqlaş, fuqarolar xavfsizligini mustahkamlaş hamda jinoyatçilikning oldini oliş barçamizning umumiy vazifamizdir.
Bugungi kunda jinoyatçilikning ayrim turlari, xususan, giyohvandlik, kiberjinoyatlar, oilaviy-maişiy zöravonlik, fuqarolar örtasidagi janjal va tan jarohati yetkaziş, şuningdek, yöl harakati qoidalarini buziş bilan boğliq huquqbuzarliklar jiddiy e’tibor va doimiy ogohlikni talab etmoqda.
Giyohvandlik — nafaqat bir insonning, balki butun bir oilaning hayotiga salbiy ta’sir körsatuvçi, yoşlar kelajagiga tahdid soluvçi xavfli illatdir. Farzandlarimizni uşbu balodan asraş, ularni soğlom turmuş tarziga yönaltiriş, böş vaqtlarini mazmunli taşkil etiş va tarbiyasiga mas’uliyat bilan yondaşiş har bir ota-onaning muhim burçidir.
Raqamli texnologiyalar rivojlanayotgan bugungi davrda kiberjinoyatlarning yangi körinişlari ham uçramoqda. Internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqarolarning pul mablağlarini firibgarlik yöli bilan qölga kiritiş, bank kartalari ma’lumotlarini özlaştiriş, soxta havolalar orqali şaxsiy ma’lumotlarga ega böliş holatlaridan ogoh böliş zarur. Fuqarolarimizdan bank kartalari ma’lumotlari va SMS-kodlarni begonalarga bermaslik, şubhali qönğiroq hamda takliflarga işonmaslikni sörayman.
Oilaviy-maişiy zöravonlikka qarşi kuraşiş ham ustuvor vazifalarimizdan biridir. Oilada xotin-qizlar va bolalarga nisbatan tazyiq, zöravonlik va tahdid holatlariga aslo yöl qöyilmasligi kerak. Har bir fuqaroning huquqi, şa’ni va qadr-qimmati qonun bilan himoyalangan. Oilaviy kelişmovçiliklarni kuç işlatiş orqali hal etiş heç qaçon muammoning yeçimi böla olmaydi.
Şuningdek, fuqarolar örtasidagi nizolar, janjallar, bezorilik va tan jarohati yetkaziş bilan boğliq holatlar ham jamiyat osoyiştaligiga putur yetkazadi. Har bir inson öz xatti-harakatlari uçun qonun oldida javobgar ekanini unutmasligi, turli kelişmovçiliklarni tinç va qonuniy yöl bilan hal etişga intilişi lozim.
Yöl harakati xavfsizligi masalasi ham alohida e’tiborimizda. Transport vositasini mast holatda boşqariş, belgilangan tezlik me’yorlariga amal qilmaslik, yöl harakati qoidalarini mensimaslik inson hayoti va soğliğiga jiddiy xavf tuğdiradi. Haydovçilar va piyodalardan yöllarda mas’uliyatli, ehtiyotkor va intizomli bölişlarini sörayman.
Hurmatli yurtdoşlar!
Jinoyatçilikning oldini oliş, avvalo, uning kelib çiqişiga sabab bölayotgan omillarni bartaraf etişdan boşlanadi. Bu borada mahalla faollari, nuroniylar, ota-onalar, ta’lim muassasalari va keng jamoatçilik bilan hamkorlik qiliş muhim ahamiyatga ega.
Şu munosabat bilan barçangizni:
- Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar noqonuniy aylanmasiga qarşi murosasiz munosabatda bölişga;
- Internet va ijtimoiy tarmoqlardan foydalanişda huşyor böliş, kiberfiribgarlikdan ogoh bölişga;
- Oilada soğlom muhitni saqlaş, xotin-qizlar va bolalarga nisbatan zöravonlikka yöl qöymaslikka;
- Fuqarolar örtasidagi nizolarni tinç va qonuniy yöl bilan hal etişga, janjal va zöravonlikdan tiyilişga;
- Yöl harakati qoidalariga qat’iy rioya qilişga, transport vositasini mas’uliyat bilan boşqarişga;
- Farzandlar tarbiyasiga e’tiborli böliş, ularni turli salbiy ta’sirlar va jinoyatçilikdan asraşga çaqiraman.
Agar mahallangizda jinoyat yoki huquqbuzarlik sodir etilişining oldini olişga yordam beradigan holatlardan xabardor bölsangiz, befarq bölmang. Bu haqda içki işlar organlariga öz vaqtida xabar bering. Fuqarolarning faol pozitsiyasi va huquqni muhofaza qiluvçi organlar bilan hamkorligi köplab salbiy holatlarning oldini olişga xizmat qiladi.
Kitob tumanida har bir fuqaro özini xavfsiz his etişi, har bir xonadonda tinçlik va osoyiştalik hukm surişi uçun bor kuç va imkoniyatimizni safarbar etamiz.
Zero, jinoyatçilikka qarşi kuraşiş — faqat bir idoraning emas, balki butun jamiyatning vazifasidir. Tinçlikni saqlaş, xavfsizlikni ta’minlaş va qonun ustuvorligini mustahkamlaş yölida barçamiz birgalikda harakat qilaylik!
Tinç va xavfsiz Kitob tumani — barçamizning umumiy maqsadimiz!
Kitob tumani Içki işlar bölimi boşliği
Xudoyberdiev Yaşin Erkin öğli
