TIL BAYRAMI KUNIDA TARIXIY QAROR: ÖZBEK ALIFBOSINI TAKOMILLAŞTIRIŞ TÖĞRISIDAGI QONUN IMZOLANDI
2026-11-02 10:00:00 / Yangiliklar

Hujjatga muvofiq, alifbodagi törtta harfning yozilişi özgartiriladi.
21-oktabr kuni Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini takomillaştirişga qaratilgan Qonunni imzoladi. Bu haqda Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva özining Telegram-kanalida maʼlum qildi.
Yillar davomida lotin yozuvidagi imloviy noqulayliklar, ayniqsa, teskari vergulli va ikki harfli birikmalar köplab eʼtirozlarga sabab bölib kelayotgan edi. Bir tovuşning bir neçta belgi bilan ifodalanişi savodxonlikni qiyinlaştirib, yozma nutqimizda turli bahs va munozaralarni keltirib çiqarayotgan edi.
Özbek tili bayrami kunida Muhtaram Prezidentimiz tomonidan "Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini joriy etiş töğrisida" gi Qonunga özgartiriş kiritiş haqidagi tarixiy hujjatning imzolanişi ana şu köp yillik çalkaşliklarga çek qöydi.
Fanlar akademiyasi olimlari, filologlar hamda 8 ta vazirlik va idora iştirokida puxta işlangan yangi tahrir 28 ta harf va 1 ta tutuq belgisidan iborat bölib, tilimizda «Bir tovuş — bir harf» tamoyilini röyobga çiqardi.
Islohotning eng muhim jihati şundaki, yoziş va öqişda muayyan qiyinçiliklarni tuğdirgan 4 ta harf ixçamlaştirildi:
* G‘ örniga Ğ ğ
* O‘ örniga Ö ö
* Sh örniga Ş ş
* Ch örniga Ç ç
Şuningdek, mustaqil harf sifatida ortiqça bölgan «Ng» birikmasi alifbo tarkibidan çiqarildi.
Qonun rasmiy eʼlon qilinganidan 6 oy ötib kuçga kiradi. Bu yangi alifboga şoşma-şoşarliksiz, bosqiçma-bosqiç va bemalol moslaşiş imkonini beradi.
Uşbu tarixiy qonun tilimizning sofligini saqlaş hamda yoş avlodning savod çiqarişini yengillaştiriş yölida katta bayram tuhfasi böldi.
YASHIN TÖRAYEV,
Kitob tumani hokimining ma’naviyat va davlat tili masalalari böyiça maslahatçisi.
