Har bir murojaat e’tibor va nazoratda!
2026-10-29 14:00:00 / Yangiliklar

Aholi bilan ochiq va bevosita muloqotni ta’minlash, fuqarolarni qiynayotgan muammolarni tinglash hamda ularni joyida hal etish maqsadida Kitob tumanida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.
Qabulda tuman hokimi o‘rinbosarlari Farhod Usmonov va Gulbahor Begimova, tuman prokurori Xurshid Baxromov, tuman IIB boshlig‘i Yashin Xudoyberdiyev hamda mas’ul tashkilot va idoralar vakillari ishtirok etdi.
Fuqarolar ijtimoiy himoya, uy-joy, moddiy yordam, yo‘l-transport infratuzilmasi, elektr energiyasi va ichimlik suvi ta’minoti kabi masalalar yuzasidan 30 dan ortiq murojaat bildirdi. Har bir murojaat tegishli mas’ullar tomonidan ko‘rib chiqilib, ijrosi nazoratga olindi.





