Xalq manfaatlari yo‘lida ochiq va samarali muloqot!
2026-10-08 14:00:00 / Yangiliklar

“Xalqimiz davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi lozim”, degan tamoyil asosida Kitob tumanida fuqarolar bilan ochiq muloqot va ularning muammolarini joyida hal etishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
Ma’lumki, tumanda har payshanba kuni mas’ul rahbarlar hamda barcha tashkilotlar ishtirokida fuqarolar qabuli doimiy ravishda o‘tkazib kelinadi. Bugun ham ushbu amaliyot doirasida Kitob tumani hokimi Rustam Gafurov boshchiligida mas'ullarimiz boshchiligida fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul jarayonida tumandoshlar tomonidan 30 dan ortiq murojaatlar bildirildi. Ular ijtimoiy masalalar, bandlik, tadbirkorlik, huquqiy yordam va boshqa dolzarb yo‘nalishlarni qamrab oldi. Har bir murojaat yuzasidan tegishli mas’ullar biriktirilib, ijrosi tuman rahbariyati tomonidan qat’iy nazoratga olindi.
Mazkur qabullar aholi murojaatlarini tezkor va samarali hal etish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda davlat idoralariga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.









