RASMIY MUNOSABAT
2026-06-09 08:00:00 / Yangiliklar

RASMIY MUNOSABAT
Ijtimoiy tarmoqlarda Kitob tumani Hamid Olimjon mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan avtomobillarga gaz to‘ldirish shoxobchasining aholi yashash hududiga yaqin joylashgani hamda bu holatdan mahalliy aholi norozi ekani aks etgan videomaterial tarqaldi.
Mazkur holat yuzasidan Kitob tumani hokimligi Axborot xizmati quyidagilarni ma’lum qiladi.
Jumladan, videolavha 2025-yil noyabr oyida tasvirga olingan bo‘lib, o‘sha davrda mazkur gaz to‘ldirish shoxobchasi amaldagi tartib va ruxsat beruvchi hujjatlar asosida faoliyat yuritgan.
Shu bilan birga, fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va e’tirozlar inobatga olinib, Kitob tumani hokimligi tomonidan tegishli mutaxassislardan iborat ishchi guruh tuzilgan hamda obyekt faoliyati joyiga chiqqan holda o‘rganilgan. O‘rganish natijalari yuzasidan vakolatli va yuqori turuvchi mas’ul tashkilotlarga tegishli xulosa hamda takliflar kiritilgan.
Ma’lumot uchun, bugungi kunda mazkur gaz to‘ldirish shoxobchasi faoliyati belgilangan tartibda to‘xtatilgan.
Kitob tumani hokimligi fuqarolarning murojaatlari va xavfsizlik bilan bog‘liq masalalarga alohida e’tibor qaratishini hamda bu boradagi barcha murojaatlar qonunchilik talablari asosida ko‘rib chiqilishini ma’lum qiladi.
Kitob tumani hokimligi Axborot xizmati
