Hokimiyat haqida

Kegeyli tumani - Qoraqalpog‘iston Respublikasidagi tuman. 1928-yil 3-sentyabrda tashkil etilgan. Chimboy, Nukus, Qorao‘zak, Bo‘zatov tumanlari bilan chegaradosh. Maydoni 0,92 ming km2. Aholisi 75,5 ming kishi. Fuqarolar yig‘ini soni 16 ta. Qishloq aholi punktlari soni 130 ta. Kegeyli tumanidan Qoraqalpog‘iston Respublikasining poytaxti Nukus shahrigacha bo‘lgan masofa 39,9 km.
Kegeyli nomining kelib chiqishi tuman hududidan oqib o‘tuvchi Kegeyli kanalining nomi bilan bog‘liq. Bu kanalning ikki bo‘yi kegey daraxtlari, turang‘illar bilan qoplanib turganligi uchun u Kegeyli nomini olgan deydi. Ushbu nom keyinchalik shahar va tuman nomini olgan.
Tashkil etilgan vaqti - 3-sentyabr, 1928-yil.
Umumiy yer maydoni - 2,21 ming km2.
Fuqarolar yig‘inlari soni - 16 ta.
2025-yilning 1-aprel holatiga aholi soni - 75,5 ming kishi.
Chegaradosh hududlar - Nukus, Chimboy, Qorao‘zak va Mo‘ynoq tumanlari.
