Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralashning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi
2025-10-21 10:50:00 / Yangiliklar
Kegeyli tumani markazida joylashgan Bolalar musiqa va san’at maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralashning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Kegeyli tumani markazida joylashgan Bolalar musiqa va san’at maktabida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzodlarni saralashning tuman bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda 14 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan iqtidorli xotin-qizlar fan, ta’lim, adabiyot, madaniyat, san’at, sport va axborot texnologiyalari yo‘nalishlari bo‘yicha o‘z iste’dod va salohiyatini namoyish etdi.
Tanlov yakunida g‘olib qizlar faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Xotin-qizlar o‘rtasida bunday tanlovlarni o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad - ayollarning ijodiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ularni rag‘batlantirish hamda jamiyat hayotida faol ishtirok etishini qo‘llab-quvvatlashdan iborat.
