Nuroniylar ibrat ko‘rsatmoqda
2025-10-03 14:50:00 / Yangiliklar

Bugun Kegeyli tumani "Nuroniy" jamg‘armasi Bo‘zatov tumani "Nuroniy" jamg‘armasi bilan birgalikda tumandagi faol nuroniylar ishtirokida Abat QFY hududidagi "Qunnazarova Liza" fermer xo‘jaligi dalasida paxta terimiga qatnashdi.
Shuningdek, tuman "Nuroniy" jamg‘armasi Oqtuba QFY hududidagi "Ilhom Sharipov" fermer xo‘jaligida mehnat qilayotgan terimchilarning holidan xabar olib, aholini, ayniqsa, ishsiz fuqarolarni terimga jalb qilish bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordi.
Shu o‘rinda tuman hududidagi ishsiz fuqarolarni faollikka chaqirib qolamiz. Paxta terimi orqali ham mehnat qilish, ham oila byudjetiga daromad kiritish mumkin. Har bir terilgan paxta tuman xirmonining tashilishiga va mamlakatimiz taraqqiyotiga qo‘shilgan hissadir.
