Deputat amaliy ishlar bilan tanishdi
2025-09-25 17:50:00 / Yangiliklar

Shundan so‘ng, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati S.Imomova "Kambag‘allikdan farovonlikka" dasturi asosida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishish maqsadida Jilvon jap mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, ushbu qaror asosida hududdagi Jilvon jap kanalini betonlash bo‘yicha ishlarni borib ko‘rdi.
Ma’lumot o‘rnida ta’kidlash joizki, tumanda 598 oila, 2 257 a’zoni kambag‘allikdan chiqarish rejalashtirilgan bo‘lib, hozirgi kunga qadar 265 oila, 1 422 a’zo turli xizmatlar bilan qamrab olingan. Shuningdek, 6 ta og‘ir ahvoldagi mahallada infratuzilmani yaxshilash maqsadida Respublika byudjeti hisobidan 19 milliard so‘m yo‘naltirilgan.
Shundan, 139 km sug‘orish tizimi yangilanib, 13 ta nasos agregati o‘rnatildi. 51,4 km elektr tarmog‘i tortildi, 13 ta transformator o‘rnatildi. Bu orqali 908 ta xonadonda aholining tomorqadan samarali foydalanishiga sharoit yaratildi.
