Oilaviy bolalar uyi tashkil etildi
2025-09-21 10:30:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 27-dekabrdagi "Oilaviy bolalar uylari" to‘g‘risidagi 893-sonli qarori asosida Kegeyli tumani Jilvon jap mahalla fuqarolar yig‘ini hududida Oilaviy bolalar uyi tashkil etildi.

Kegeyli tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi tomonidan ushbu uyda monitoring ishlari o‘tkazilib, oiladagi bolalarning yashash sharoitlari har tomonlama o‘rganildi.
Bugungi kunda 1-sonli Oilaviy bolalar uyida bir nafar o‘smir tarbiyalanmoqda.
🔹 Bunday tashabbuslar farzandlarimizning mehrli muhitda ulg‘ayishi, sog‘lom tarbiya olishi va kelajakda jamiyatda munosib o‘rin egallashiga xizmat qiladi.
