Yoshlarga e’tibor - kelajak poydevori!
2025-09-22 10:25:00 / Yangiliklar

O‘tgan yili Hurmatli Prezidentimiz Qoraqalpog‘istonga amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Kegeyli tumani Juzimboq OFY hududidagi yosh dehqonlar bilan uchrashib, ularning taklif va tashabbuslarini tinglagan edi. Uchrashuv davomida yoshlar o‘zlari yetishtirgan hosilni qisqa mavsumda sifatli saqlash maqsadida muzlatkichlar zarurligini bildirgan edi.
✅ Bugun esa bu tilak amalga oshdi!
O‘zbekiston Respublikasi O‘simliklarni himoya qilish va karantin agentligi tashabbusi bilan yosh dehqonlarga Prezident sovg‘asi sifatida 1 tonna hajmdagi zamonaviy muzlatgichlar yetkazib berildi!
Bu yangilik nafaqat yoshlar mehnatiga berilayotgan yuksak baho, balki yurtimizdagi har bir yoshning orzu-intilishlari e’tibordan chetda qolmasligini yana bir bor isbotladi.
