Tuman hokimi ta’lim sohasi rahbarlari bilan uchrashdi
2025-09-18 14:35:00 / Yangiliklar
Bugun tasdiqlangan jadval asosida tuman hokimi tumandagi ta’lim sohasi mutasaddilari - maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Bugun tasdiqlangan jadval asosida tuman hokimi tumandagi ta’lim sohasi mutasaddilari - maktabgacha ta’lim tashkilotlari va umumta’lim maktablari direktorlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu uchrashuv Muhtaram Prezidentimiz raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ta’lim tizimidagi mavjud muammolarni joylarda hal etish va natijadorlikni oshirish maqsadida tashkil etildi.
Uchrashuvda ta’lim muassasalari faoliyati, infratuzilma masalalari, o‘quv-tarbiya jarayonini takomillashtirish, pedagog kadrlar bilan ta’minlash va o‘quvchilarning bilim darajasini oshirishga qaratilgan vazifalar muhokama qilindi.
