XALQ DEPUTATLARI KEGEYLI TUMAN KENGASHINING UN BIRINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
2025-09-04 13:50:00 / Yangiliklar

Kegeyli tumani hokimligi majlislar zalida sessiya ochildi. Sessiyada tuman Kengashi deputatlari, fuqarolar yig‘ini raislari, muassasa, korxona rahbarlari va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Sessiya majlisi kun tartibida;
- Kegeyli tumanida amalga oshiriladigan 2-bosqich "drayver" loyihalar bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqish va ma’qullash haqida.
- Tuman hokimligida qonunchilik hujjatlari bo‘yicha ijro intizomini ta’minlash choralari to‘g‘risida.
- Tashabbusli byudjet jarayonining 2025 yilgi ikkinchi ovoz berish yakuni bilan "g‘olib" deb topilgan loyihalarni tasdiqlash to‘g‘risida.
- Kegeyli tumani hududida "Yashil bog‘lar" tashkil etish to‘g‘risida.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-133-sonli qarorining tumanda bajarilishi to‘g‘risidagi, shuningdek, Kengash vakolatiga kiradigan boshqa masalalar ko‘rib chiqilib fikr-takliflar tinglanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
