Kegeyli tumanida yangi davlat bog‘chasi foydalanishga topshirildi
2025-08-28 16:00:00 / Yangiliklar

Bugun Kegeyli tumani Juzimbog‘ ovul fuqarolar yig‘inida 90 o‘ringa mo‘ljallangan zamonaviy davlat bog‘chasi foydalanishga topshirildi. Loyihaning umumiy qiymati 4 mlrd, 576 mln so‘mni tashkil etadi.
Ochilish marosimida tuman hokimi A.Kamalov, mutasaddi tashkilotlar va mahalliy aholi vakillari ishtirok etdi.
Ilgari Juzimbog‘ hududida birorta ham davlat bolalar bog‘chasi yo‘q edi. Hozirgi bog‘cha joylashgan hududning o‘zida 70 ta oilaning farzandlari bog‘chaga borish uchun boshqa hududlarga qatnashiga to‘g‘ri kelgan. Yangi bog‘chaning ochilishi esa mahalliy aholi uchun katta qulaylik yaratdi.
Ushbu bog‘chaning ish boshlashi Mustaqilligimizning 34 yillik bayrami arafasida qishloq bolalariga munosib sovg‘a bo‘ldi.
