Kegeyli tumanida senator bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2025-08-20 17:30:00 / Yangiliklar

21 avgust kuni, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari, senator O.Ataniyazova, tuman Kengashi deputatlari, tuman tashkilot va muassasalari rahbarlari, ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuvda senator Senat yalpi majlislarida muhokama qilingan qonunlarning mazmun-mohiyati va ularning jamiyatdagi ahamiyati haqida batafsil tushuncha berdi.
Shuningdek, oliy o‘quv yurtlari bitiruvchilarining bandligini ta’minlash, Mustaqillik bayramini munosib nishonlash bo‘yicha Prezidentimiz qarorini bajarish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi.
Uchrashuvdan so‘ng senator O.Ataniyazova tumandagi "Madaniyat" mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, o‘zgalar parvarishiga muhtoj nuroniy O.Berdimuratovaning xonadonida mehmon bo‘lib, oziq-ovqat mahsulotlarini topshirdi.
