"Dolzarb 90 kunlik" doirasida madaniy-ma’rifiy tadbirlar
2025-07-13 12:10:00 / Yangiliklar
Kegeyli tumanidagi 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun "Dolzarb 90 kun" doirasida qiziqarli va mazmunli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.

Kegeyli tumanidagi 11-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilari uchun "Dolzarb 90 kun" doirasida qiziqarli va mazmunli madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi.
Tadbir doirasida bolalar turli ijodiy mashg‘ulotlarda qatnashdi, rangli qog‘ozlar bilan rasmlar chizdi, jamoaviy o‘yinlar va sport mashg‘ulotlari orqali faollik ko‘rsatdi.
Shu bilan birga, bolalarga yo‘l harakati qoidalari, ekologik madaniyat, sog‘lom turmush tarzi kabi dolzarb mavzularda bilimlar berilib, ularning ongida vatanparvarlik va mas’uliyat tuyg‘usi mustahkamlandi.
Tadbir bolalar uchun nafaqat ruhiy, balki jismoniy rivojlanishga ham xizmat qildi. Ular o‘z qobiliyati va faolligini namoyish etdi.
