Kegeyli tumanida jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha samarali ishlar amalga oshirilmoqda.
2025-07-02 16:50:00 / Yangiliklar

Bugun Kegeyli tumani hokimligida tuman hokimi A.Kamalov, tuman prokurori I.Abdullaev va tuman IIB boshlig‘i M.Sherimbetovlar ishtirokida majlis bo‘lib o‘tdi.
Ushbu yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PK-1-sonli qarori ijrosini ta’minlash, jinoyatchilikning oldini olish va mahallalarda xavfsiz muhitni yaratish bo‘yicha 2025 yilning birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi.
Natijalar shuni ko‘rsatmoqdaki, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan jinoyatchilik ko‘rsatkichi tumanda 25 foizga kamaygan.
✅ Ushbu ijobiy natijalarda faol ishtirok etgan 34 xodim alohida e’tirof etildi. Ulardan 10 nafariga bazaviy hisoblash miqdorining 2 baravari miqdorida moddiy rag‘batlantirish berildi.
Jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolar osoyishtaligini muhofaza qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar kelgusida ham izchil davom ettiriladi.
