Talaba bo‘lishni xohlovchi xotin-qizlar diqqatiga!
2025-05-02 15:15:00 / Yangiliklar

Oila va xotin-qizlar qo‘mitasidan tavsiyanoma olish uchun arizalar qabuli boshlandi.
Vazirlar Mahkamasining 322-sonli qaroriga asosan, mutaxassisligi bo‘yicha kamida 5 yil mehnat stajiga ega, biroq, oliy ma’lumotga ega bo‘lmagan xotin-qizlar davlat o‘quv yurtlariga alohida qabul parametrlari doirasida to‘lov-kontrakt asosida o‘qishga qabul qilinishi belgilangan.
Ushbu imtiyozdan foydalanmoqchi bo‘lgan xotin-qizlar Oila va xotin-qizlar qo‘mitasining tavsiyasini olish uchun joriy yilning 1 iyun kuniga qadar https://xotin-qizlar.uz/ platformasi orqali ariza topshirishlari kerak.
Tavsifnoma olish uchun nomzodlar quyidagi mezonlarning barchasiga mos kelishi kerak:
- o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha mutaxassislikka ega bo‘lishi;
- tavsiyanoma olgunga qadar oliy ma’lumotga ega bo‘lmaganligi yoki olmayotganligi;
- o‘rta maxsus yoki professional ta’lim mutaxassisligi bo‘yicha kamida besh yillik mehnat stajiga ega bo‘lishi.
Ariza topshirish uchun talab etiladigan hujjatlar:
- fuqarolik pasporti yoki ID karta nusxasi;
- mehnat daftarchasidan (elektron mehnat daftarchasi) ko‘chirma;
- o‘rta maxsus yoki professional ta’lim bo‘yicha diplom.
- Nomzodlar tomonidan taqdim etilgan ariza va hujjatlar tuman ishchi guruhlari tomonidan belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi va tavsiyanoma berish yoki tavsiyanoma berishni rad etish to‘g‘risida xulosa qabul qilinadi.
Yuqoridagi mezonlarga to‘g‘ri keladigan xotin-qizlar tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limiga hujjatlarini topshirishi mumkin.
Ma’lumot uchun telefon:
👉 (95) 215 83 83
Kegeyli tumani oila va xotin-qizlar bo‘limi.
