BMT vakilining Kegeyli tumaniga tashrifi
2026-10-08 10:50:00 / Yangiliklar
BMT Taraqqiyot dasturining (UNDP) O‘zbekistondagi Rezident vakolatxonasi o‘rinbosari Anas Fayyad Karman Kegeyli tumaniga tashrif buyurib, grant loyihalarining samarali amalga oshirilishi bo‘yicha o‘rganish ishlarini olib bordi.

Tashrif davomida grant hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar natijalari, yoshlar bandligini ta’minlash borasidagi ishlar bilan tanishdi.
Shuningdek, mehmon "Kegeyli turmısı" gazetasi faoliyati, uning tuman hayotidagi o‘rni va ijtimoiy-ma’rifiy yo‘nalishdagi ishlari bilan tanishdi.
Tashrif davomida o‘zaro tajriba almashish va kelgusida birgalikda amalga oshiriladigan loyihalar yuzasidan fikrlar bildirildi.