FUQAROLARNING SHAXSIY QABULI O‘TKAZILDI
2026-09-11 18:00:00 / Yangiliklar

Bugun Kegeyli tumani hokimining o‘rinbosarlari A.Tileulesov, G.Xojambergenova va B.Jalg‘asbayev tomonidan tumandagi Xalq qabulxonasida fuqarolarning shaxsiy qabuli o‘tkazildi.
Qabul davomida fuqarolar o‘zlarini qiynab kelayotgan muammolar, taklif va murojaatlari bilan mutasaddilarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qildi.
Murojaatlarda asosan ijtimoiy masalalar, bandlik, kommunal xizmatlar, obodonlashtirish, infratuzilma va boshqa sohalarga oid muammolar ko‘tarildi.
Har bir murojaat atroflicha tinglanib, mutasaddi tashkilotlar va mutasaddilar ishtirokida o‘rganildi. Murojaatlarni qonuniy va ijobiy hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilanib, ijrosi mas’ullarga topshirildi.
Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy huquq va manfaatlarini ta’minlash hamda ko‘tarilgan masalalarni amaliy hal etish bo‘yicha ishlar izchil davom ettiriladi.
