Kegeyli tumanida fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimli ravishda olib borilmoqda.
2026-06-12 18:10:00 / Yangiliklar

2026-yil 31-may holatiga Kegeyli tumani fuqarolarining O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Xalq qabulxonasi, Prezident pochtasi, sayyor qabullar, ishonch telefoni, veb-sayt va Kegeyli tumani Xalq qabulxonasi orqali kelgan murojaatlari bo‘yicha ma’lumotlar berildi.
2026 yilning 5 oyi davomida jami 499 ta murojaat kelib tushgan. Shundan:
246 ta murojaat to‘liq qanoatlantirilgan;
176 ta murojaat huquqiy tushuntirish berish orqali hal etilgan;
1 ta murojaat rad etilgan;
11 ta murojaat bo‘yicha tushuntirish ishlari olib borilgan;
3 ta murojaat uzoq muddatli nazoratga olingan;
60 ta murojaat o‘rganish davrida.
Tuman bo‘yicha murojaatlarning qanoatlantirish ko‘rsatkichi 56,04 foizni tashkil etadi.
Murojaatlarni hal etish jarayonida eng ko‘p ko‘rilayotgan masalalar orasida:
18 yoshgacha bolalar nafaqasi;
aliment undirish masalalari;
muhtoj fuqarolarga bir martalik moddiy yordam;
ish bilan ta’minlash;
ichki yo‘llarni ta’mirlash;
uy-joy masalalari;
tibbiy xizmatlar bo‘yicha yordam so‘rovlari bor.
Idoralar kesimida bir qator yo‘nalishlarda murojaatlar bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda. Xususan, gaz ta’minoti, mahalla, elektr tarmoqlari, suv ta’minoti, majburiy ijro va boshqa sohalar bo‘yicha kelgan murojaatlar qonun talablariga muvofiq o‘rganilib, qarorlar qabul qilinmoqda.
Shu bilan birga, Kegeyli tumani hokimi A.Kamalov va hokim o‘rinbosarlari tasdiqlangan rejaga asosan, har kuni Xalq qabulxonasida fuqarolarning shaxsiy qabullarini o‘tkazib, ularning masalalarini o‘rganib, hal etish bo‘yicha tegishli ishlarni olib bormoqda.
Fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘rnatib, ularning talab va takliflarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish - tuman rahbarining asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
