"So‘nggi qo‘ng‘iroq" - katta hayotga ilk qadam
2026-05-25 14:25:00 / Yangiliklar

Bugun mamlakatimiz bo‘ylab umumta’lim maktablarida "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirlari ko‘tarinki ruhda o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan Kegeyli tumani hokimi A.Kamalov 55-sonli umumta’lim maktabida "Yuqori bilimli avlod - Renessans poydevori" shiori ostida tashkil etilgan "So‘nggi qo‘ng‘iroq" tadbirida ishtirok etdi.
Tadbir davomida tuman hokimi bitiruvchilarni ushbu unutilmas kun bilan samimiy tabriklab, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining bitiruvchi yoshlarga yo‘llagan bayram tabrigini o‘qib eshittirdi. Shuningdek, yoshlarni Vatanga sadoqatli, bilimli va yurt ravnaqiga munosib hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib yetishishiga da’vat etdi.
Ma’lumot uchun, bu yil Kegeyli tumani bo‘yicha jami 720 o‘quvchi maktabni bitirmoqda.
Barcha bitiruvchilarga oq yo‘l va yorqin kelajak tilaymiz!
