Kegeyli tumani hokimi Aybek Kamalov bugun fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish maqsadida navbatdagi qabulini o‘tkazdi.
2026-05-23 14:10:00 / Yangiliklar
Kegeyli tumani hokimi Aybek Kamalov bugun fuqarolarning murojaatlarini qabul qilish maqsadida navbatdagi qabulini o‘tkazdi.

Qabulga kelgan fuqarolar o‘zlarining shaxsiy hayoti va hududlarida uchrayotgan muammolarni aytib murojaat etdi. Har bir murojaat tegishli soha rahbarlari bilan birgalikda shu yerning o‘zida atroflicha o‘rganib chiqildi.
Ijrosi mablag‘ va vaqt talab etiladigan murojaatlar nazoratga olinib, ularni ijobiy hal etish bo‘yicha aniq rejalar belgilab olindi.
@kegeylirkuzofficial
