XUSH XABAR!
2026-04-26 09:55:00 / Yangiliklar
25 aprel kuni Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan "Iqtidorli bolalar" tanlovida Kegeyli tumani 11-sonli Bolalar musiqa va san’at maktabi o‘quvchilari yuqori natijalarga erishdi.

10-12 yosh toifasida "Xoreografiya" yo‘nalishi;
Ushbu yo‘nalish bo‘yicha o‘quvchilarimiz Xalqaro Respublika tanlovida 1-darajali diplom va oltin medal bilan taqdirlandi.
Bu yutuq - o‘quvchilarimizning iqtidori, mehnati va ustozlarimizning fidokorona sa’y-harakatlari natijasidir.
Barcha g‘oliblarni chin dildan tabriklaymiz!
