XALQ DEPUTATLARI KEGEYLI TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI YIGIRMANCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI.
2026-04-27 09:50:00 / Yangiliklar

Sessiya kun tartibida dastlab Kegeyli tumani prokuraturasi tomonidan 2026-yilning birinchi choragi davomida jinoyatchilikning oldini olish va qonunchilikning ijrosi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risida tuman prokuraturasining axboroti tinglandi.
Shuningdek, sessiyada Kegeyli tumani ichki ishlar bo‘limi boshlig‘ining 2026 yilning birinchi choragi davomida huquqbuzarliklarning oldini olish va uning profilaktikasi holati to‘g‘risidagi hisoboti hamda Kegeyli tumani Adliya bo‘limi tomonidan huquqiy targ‘ibot va ma’rifat, norma ijodkorligi va huquqni qo‘llash amaliyotining holati to‘g‘risidagi axboroti eshitildi.
Shuningdek, Kegeyli tumani yoshlar ishlari bo‘limi boshlig‘i A.Duysenbayevning tumanda yoshlarning muammolarini hal etish, ularning bandligini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlari, Kegeyli tumanida suvdan foydalanuvchilar kesimida vegetatsiya davrida qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish uchun suv olish limitlarini tasdiqlash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-47-sonli qarorining Kegeyli tumanida ijrosi bo‘yicha Kegeyli tumani "Suv yetkazib berish xizmati" davlat muassasasining takliflari ko‘rib chiqildi.
