Endi Kegeylida xalqning dam oladigan markazi bor!
2026-04-14 10:50:00 / Yangiliklar

Bugun davlatimiz siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri aholi uchun qulay sharoitlar yaratishdan iborat. Bundan, Kegeyli tumani xalqi ham, ular o‘stirayotgan kelajak avlod ham chetda qolmadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq, muhim loyihalardan biri - "Nurli bo‘ston" mahalla fuqarolar yig‘ini hududida aholining dam olish maskani tashkil etilmoqda.
Loyiha qiymati 9 mlrd so‘m bo‘lib, aholi, ayniqsa yoshlar uchun sayr qilish, gastronomik ko‘ngilochar maskanlar, xiyobon va madaniy dam olish imkoniyatlari yaratilmoqda.
Qisqa muddatda qurilib, yaqin oylarda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilayotgan ushbu markaz nafaqat tuman ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadi, balki fuqarolarimizning ma’naviy, madaniy hordiq chiqarishi va farzandlarining baxtli bolaligini birga o‘tkazishi uchun go‘zal maskanga aylanadi.
