QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASI JÓQORǴI KENGESINING DEPUTATLARINING UCHRASHUVLARI DAVOM ETMOQDA
2026-04-13 10:15:00 / Yangiliklar

Kegeyli tumani "Qumshungul" qishloq fuqarolar yig‘ini hududidagi 24-sonli umumiy ta’lim maktabida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashining 2026-yil 6-aprel kungi 100/X-sonli sessiya qaroriga muvofiq Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashiga O‘zXDPdan deputat B.Habibullayev tomonidan Respublikamizda amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari haqida keng jamoatchilikka yetkazish va saylovchilarning murojaatlarini tinglash maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Xalq deputatlari tumanlik Kengashi Sekretariat boshlig‘i B.Iskenderov, tuman Kengash deputati M.Mirzatayev, ko‘cha oqsoqollari, hudud aholisi hamda fuqarolar yig‘ini vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, uchrashuvda ma’ruzachilar Prezidentimizning Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun alohida qabul qilingan qaror va farmonlari, muhim hujjatlar asosida xalqning farovon turmushini ta’minlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar haqida tushunchalar berilishi bilan bir qatorda deputatlar tomonidan fuqarolar uchun qabul tashkil etildi.
