Bepul buxgalteriya va Konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi
2026-04-09 10:50:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-3574-son "Paxta xomashyosi va boshoqli don yetishtirishni moliyaviy ta’minlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida" 2018-yil 28-fevraldagi qaroridan kelib chiqib hamda fermer xo‘jaliklarida hisob tizimini tubdan yaxshilash, ularga bank xizmatlari ko‘rsatishni yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Iqtisodiyot vazirligi, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat statistika qo‘mitasi va O‘zbekiston Fermerlari kengashi huzurida Fermer xo‘jaliklarida buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish markazlari tashkil etilgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 2-iyuldagi PQ-3824-son qaroriga asosan Kegeyli tumani Fermerlari Kengash huzuridagi Buxgalteriya markazi tomonidan fermer xo‘jaliklariga quyidagi asosiy xizmatlar ko‘rsatiladi: fermer xo‘jaliklari bo‘yicha buxgalteriya hisobi yuritilishini ta’minlash, fermer xo‘jaliklari xodimlariga ish haqi va undan majburiy ajratilgan mablag‘lar hisoblanishini ta’minlash, mavsum yakuni bo‘yicha fermer xo‘jaliklarining asosiy vositalari, tovar-moddiy zaxiralari, pul mablag‘lari, debitorlik va qarzdorlik qarzdorligini Inventarizatsiyadan o‘tkazishni ta’minlash, soliqlar bo‘yicha hisob-kitoblar, soliq tashkilotlari bilan qarzdorlik bo‘yicha taqqoslash dalolatnomalarini tuzish hamda soliq va boshqa majburiy to‘lovlarning o‘z vaqtida to‘ldirilishini tashkil etish;moliyaviy va statistika hisobotlarini tuzish va ularning tegishli organlarga taqdim etilishini ta’minlash hamda yil yakuniga ko‘ra daromadlar va xarajatlarni tahlil qilish, tijorat banklaridan kredit olish uchun zarur hujjatlarni tayyorlash va kelgusi yil uchun reja tuzish, moliyaviy hisobotlarni xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish kabi xizmatlar ko‘rsatib kelinmoqda. Ish jarayonida fermerlarning debitorlik-kreditorlik qarzlarini undirish uchun sudga hujjatlar tayyorlash.
Buxgalteriya markazi tomonidan Kengashga a’zo bo‘lgan va belgilangan tartibda a’zolik badallarini to‘lagan, davlat xaridlari uchun paxta va g‘alla yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga bepul, boshqa qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtiruvchi fermer xo‘jaliklariga pullik asosda buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish bo‘yicha xizmatlar ko‘rsatiladi. Buxgalteriya markazlari Respublika hamda tuman Fermerlar Kengashlariga, paxta xomashyosi va boshoqli don va boshqa mahsulotlar yetishtiruvchi hamda a’zolik badalini o‘z vaqtida to‘liq to‘lab kelayotgan, yer, suv va boshqa resurslardan unumli foydalanayotgan hamda moliyaviy imkoniyati cheklangan fermer xo‘jaliklarini qo‘llab-quvvatlash, shu bilan birga buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish izdan chiqqan ayrim xo‘jaliklarda hisobni qayta tiklash maqsadida, buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish ma’lum muddatga bepul amalga oshirilmoqda.
Buxgalteriya markazlarining faoliyati O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag‘lari, fermer xo‘jaliklari tomonidan to‘lanadigan a’zolik badallari va pullik xizmatlar ko‘rsatishdan olinadigan daromadlar hisobiga moliyalashtirilishi belgilab qo‘yilgan. Kegeyli tumani Fermerlar kengashi huzuridagi Buxgalteriya markazida tumandagi Paxta-g‘alla yetishtiruvchi 165 ta fermer xo‘jaliklariga bepul buxgalteriya va Konsalting xizmatlari ko‘rsatiladi. Bundan tashqari, paxta xomashyosi va boshoqli don hamda boshqa mahsulot yetishtiruvchi 205 ta fermer xo‘jaliklariga moliyaviy hisobotlari hamda statistik hisobotlari, konsalting xizmatlari ko‘rsatilishida amaliy yordamlar berilmoqda.
