O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev rahbarligida 2026-yil 13-mart kuni o‘tkazilgan "Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish"ga bag‘ishlangan videoselektor majlisida bel
2026-03-30 18:30:00 / Yangiliklar

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida 2026-yil 13-mart kuni "Xalq murojaatlari bilan ishlash tizimini yangi darajaga ko‘tarish va jamoatchilik fikrini chuqur tahlil qilish"ga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi. Mazkur yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalardan kelib chiqib, aholi muammolari bilan ishlashda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri misolida aytilgan tajribani samarali yo‘lga qo‘yish maqsadida chora-tadbirlar rejasi ishlab chiqilgan va uni Xalq deputatlari tuman Kengashida tasdiqlab, aholi bilan yaqindan ishlash, ularning murojaatlarini ijobiy hal etish, ko‘tarilgan muammolar asosida hududning sohaviy va infratuzilmaviy rivojlanishini ta’minlashimiz kerak.
Belgilangan vazifalarga asosan, 2025 yil davomida tuman aholisidan yuborilgan murojaatlar va ular bilan ishlash holati tahlil qilindi.
2025 yil davomida Prezident Virtual hamda Xalq qabulxonalariga tuman fuqarolaridan jami 1295 murojaat kelib tushgan, shundan ko‘rib chiqilgan 1295 murojaatdan 854 tasi (66%) o‘zining ijobiy yechimini topgan, 4441 murojaatga tushuntirish berilgan.
2024-2025 yil davomida kelib tushgan murojaatlar tahlil qilinganda davolanish uchun moddiy yordam olish, uy-joylarni ta’mirlash masalasida, ichki yo‘llarni ta’mirlash masalasida murojaatlar, bank kartalaridan pullarning yo‘qolishi yoki o‘zlashtirilishi masalasida murojaatlar, ijtimoiy yordamga muhtoj ayollarga bir martalik yordam masalasida, uy-joy bilan ta’minlash masalasida, bir martalik moddiy yordam masalasida, bolalar nafaqasi masalasidagi murojaatlarga to‘g‘ri keladi. Aholi murojaatlarini tahlil qilish, yashash sharoitlarini yaxshilash hamda hududning sohaviy, infratuzilmaviy yo‘nalishida mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida qator ishlar amalga oshirilishi belgilangan.
Xususan,
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 11 oktyabrdagi "Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida"gi 665-sonli qarori asosida 2026 yil uchun ajratilgan mablag‘lar hisobidan amalga oshiriladigan ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlarining manzilli ro‘yxati ishlab chiqilib tasdiqlandi va loyiha-smeta hujjatlari ishlab chiqildi. 2026 yilda 20,59 km ichki yo‘llarga shag‘al-qum aralashmasi (ShPS) yotqizib ta’mirlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan.
Bugungi kunga qadar manzilli ro‘yxatga kiritilgan jami 6,76 km, shu jumladan, "Ichan qal’a" OFY hududida 2,22 km, "Juzum bog‘" OFY hududida 2,292 km va "Qumshungil" OFY hududida 2,3 km ichki yo‘llarga shag‘al-qum aralashmasi (ShPS) yotqizib ta’mirlash ishlari yakunlandi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 27-dekabrdagi "2026-2028-yillarda O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-393-sonli qarori bilan "Yalpaq jap" OFY hududidagi 33-sonli maktab binosini kapital ta’mirlash, "Ko‘k o‘zak" OFY hududida yangidan maktabgacha ta’lim muassasasi binosini qurish, "KS-3-1" kollektorining PK 70+40 dagi dyukerni rekonstruksiya qilish, Kegeyli tumani Davlat soliq inspeksiyasi binosini kapital ta’mirlash va "Baxtli" MFY hududida davlat xizmatlari markazining Xalqobod filiali binosini yangidan qurish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 21-fevraldagi "Qoraqalpog‘iston Respublikasini 2026-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish va kelgusi yillar uchun mo‘ljallangan dasturlarni tasdiqlash to‘g‘risida"gi PQ-70-sonli qarori bilan tuman hududidagi aholi punktlarida jami 67,0 km. ichimlik suv va oqova suv tarmoqlarini hamda 7 ta suv inshootlari obyektlarini yangidan qurish va rekonstruksiya qilish, tuman hududidagi 20,0 km uzunlikdagi umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini ta’mirlash, D237 (4R179) avtomobil yo‘lining 27-49 oralig‘idagi yo‘llarni ta’mirlash, 53,0 km elektr tarmoqlarini tortish va 12 ta transformator punktlarini qurish, "Jilvan jap" xo‘jaliklararo kanalining 14,0 km qismini betonlash, 19-sonli o‘rta maktab binosini ta’mirlash, Xalqobod aholi punktida musiqa maktabi binosini yangidan qurish, "Baxtli" MFY hududidagi sport maktabi filiali binosini ta’mirlash ishlarini olib borish belgilangan. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi "2026-yilda hududlarni rivojlantirish orqali aholining daromadini oshirish, doimiy ish o‘rinlarini yaratish hamda kambag‘allikni qisqartirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-49-sonli qarori va shu asosda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining 2026-yil 6-martdagi "Og‘ir tumanlar va mahallalarni kompleks rivojlantirish dasturlarini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 617-sonli qarori bilan Qonliko‘l tumanini rivojlantirish dasturlari uchun 15,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib: tuman markazini yirik avtomobil yo‘llariga, aholi gavjum hududlarni tuman markazi hamda boshqa tutash tumanlarga bog‘lovchi yo‘llarni yaxshilash, sanoat zonalari faoliyatini kengaytirish;
mahallalar ixtisoslashuvini chuqurlashtirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirish, shuningdek, qulay infratuzilma sharoitini yaxshilash;
irrigatsiya tarmoqlarini, jumladan, aholining tomorqasi va ijaraga berilgan yer maydonlariga sug‘orish tizimini yaxshilashga qaratilgan aniq manzilli dasturlar ishlab chiqilib, ushbu ishlarni amalga oshirish belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025 yil 8 oktyabrdagi "Ayrim tuman (shahar) va mahallalarni aholining yashashi va tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi uchun namunaviy hududga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi PQ-298-sonli qarori va mazkur asosidagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oliy Kengashi Prezidiumining 2026-yil 13-fevraldagi "2026-yilda "Yangi O‘zbekiston" ko‘rinishidagi tumanlar va mahallalarni kompleks rivojlantirish yo‘nalishida amalga oshiriladigan chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi 590-sonli qarori bilan Kegeyli tumanida 2 mahalla "Obod makon" va "Quyoshli" mahalla fuqarolar yig‘ini tanlab olindi, 10,0 mlrd.so‘m mablag‘ ajratilib "Yangi O‘zbekiston" ko‘rinishidagi mahalla sifatida qurilish ishlarini amalga oshirish belgilangan.
Bundan tashqari, "Open budget" dasturining 2026-yil birinchi mavsumida 5 loyiha g‘alaba qozonib, bularning natijasida "Uzum bog‘" QFY hududidan o‘tuvchi D234 "Nukus-Chimboy-Taxtako‘pir" avtomobil yo‘lining 22-31-kilometri oralig‘ida 5,0 km masofaga tungi yoritish uskunalari va 3 dona transformator o‘rnatish, "Quyoshli" MFY hududidan o‘tuvchi D234 avtomobil yo‘lining 22-36 kilometri oralig‘ida tungi yoritish uskunalarini o‘rnatish, "Qumshungil" QFY hududidagi "Darvoza qum" shifokorlik punktini tibbiy uskunalar bilan ta’minlash, "Obod makon" MFY hududidagi "Nurli guzari," "Oydin yo‘l" va "El xazinasi" ko‘chalarida 1800 metr ichki yo‘lga asfaltbeton qoplamasini yotqizib ta’mirlash, "Ichan qal’a" QFY hududidagi Ichan qal’a ko‘chasidagi 1320 metr ichki yo‘lga asfaltbeton qoplamasini yotqizib ta’mirlash ishlari amalga oshiriladi.
Yuqorida tilga olingan Prezident selektoridagi topshiriqlardan kelib chiqib, aholi muammolari bilan ishlashda quyidagi vazifalarni amalga oshirishni taklif etaman.
- Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni ijobiy hal etish darajasini oshirish bo‘yicha aniq chora-tadbirlarni amalga oshirish;
- Barcha darajadagi rahbarlar tomonidan mahallalarda sayyor qabullarni faqat nomiga o‘tkazmasdan, samarali o‘tkazish, fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolarni ijobiy hal etish choralarini ko‘rish;
- Murojaatlar soni yuqori bo‘lgan davlat organi rahbarlari o‘z sohasida yuzaga kelayotgan e’tirozlarni kamaytirish bo‘yicha "yo‘l xaritasi"ni tasdiqlab, o‘z rejalarini aholiga yetkazish;
- Murojaatlar bilan ishlashda "mahalla yettiligi"ning mas’uliyatini oshirish, mahalla raisi va yoshlar yetakchisi kelib tushayotgan murojaatlarning kelib chiqish sabablarini aniqlab, har kuni tuman hokimiga kiritib borish;
- Prezident Virtual va Xalq qabulxonalariga kelib tushgan murojaatlarni tahlil qilib borish, fuqarolar kayfiyatiga ta’sir qilayotgan masalalar bo‘yicha takliflar tayyorlash.
E’tiboringiz uchun rahmat.
