Kegayli tajribasi asosida xotin-qizlar masalalariga bag‘ishlangan respublika forumi tashkil etildi
2026-03-27 16:25:00 / Yangiliklar

Bugun Kegeyli tumanida Qoraqalpog‘iston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi hamda Respublika Ichki ishlar vazirligi tashabbusi bilan ayollar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olishga qaratilgan respublika forumi bo‘lib o‘tdi.
"Maqsadlarni haqiqatga aylantir" shiori ostida o‘tkazilgan mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad - Kegeyli tumanidagi ijobiy tajribani yaratish va uni keng ommalashtirishdan iborat.
Forumda tuman hokimi A.Kamalov ishtirok etib, o‘z nutqida xotin-qizlar o‘rtasidagi jinoyatchilikning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalib o‘tdi. Tadbir davomida tumandagi holatlar tahlil qilinib, jinoyatchilik darajasi pastligi alohida ta’kidlandi.
Shuningdek, jamoat ishlarida faol ishtirok etib kelayotgan xotin-qizlar taqdirlandi va tadbir doirasida madaniy dastur namoyish etildi. Respublikadan kelgan mehmonlar markaziy kutubxonada esa iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Ushbu forum hududlarda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash, xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etdi.
