E’LON!
2026-03-26 16:15:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 25 oktyabrdagi 656-son qaroriga 1-ilova bilan tasdiqlangan Nizomning 4-bobi 24-bandiga asosan o‘zlariga biriktirilgan turar joyga ega bo‘lmagan va turar joyga muhtojlar sifatida hisobda turgan yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga, ular 18 yoshga to‘lganidan keyin ko‘p kvartirali uylardan umumiy maydoni 25 - 50 kvadrat metr oralig‘ida bo‘lgan, ushbu bolalar o‘rtasida nikoh tuzilgan hollarda, 50-70 kvadrat metr oralig‘ida bo‘lgan kvartiralar belgilangan.
Kegeyli tumani yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta’minlash komissiyasi yuqoridagi qonun talablariga javob beradigan barcha qulayliklarga ega birlamchi bozordan ko‘p qavatli turar-joylardan umumiy maydoni 25-50 kvadrat metr oralig‘ida bo‘lgan kvartiralarni qidirayotganligini e’lon qiladi.
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni uy-joy bilan ta'minlash bo'yicha tuman komissiyasi
