Sog‘lom turmush uchun 5000 ming qadam!
2026-03-06 09:00:00 / Yangiliklar

Joriy yilning 24 fevral kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida o‘tkazilgan yoshlar masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda belgilab berilgan ustuvor vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Bugun Kegeyli tumanida tuman hokimi A.Kamalov rahbarligida "Sog‘lom turmush uchun 5000 qadam" shiori ostida piyoda yurish marafoni tashkil etildi.
Ushbu tadbirda yoshlar, tegishli mutasaddilar va nuroniylar faol ishtirok etib, sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, aholi o‘rtasida jismoniy faollikni oshirish va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga o‘z hissasini qo‘shdi.
Bunday tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning salomatligini mustahkamlash va jamiyatda sog‘lom muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.
