"Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar" tanlovining Kegeyli tumani bosqichi bo‘lib o‘tdi
2026-03-05 17:25:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 23 iyuldagi 462-sonli qaroriga muvofiq, xotin-qizlar bandligi va ijtimoiy faolligini ta’minlashga qaratilgan "Eng yaxshi ijtimoiy loyihalar" tanlovining tuman bosqichi yuqori darajada tashkil etildi.
Tanlov doirasida mahallalarda saralangan eng yaxshi ijtimoiy loyihalar tuman hokimining o‘rinbosari - oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i rahbarligidagi komissiya tomonidan ko‘rib chiqildi.
Tanlovning asosiy maqsadi - mahallalar kesimida xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini rag‘batlantirish, ularning eng yaxshi g‘oyalarini aniqlash va amaliy loyihalarini qo‘llab-quvvatlashdir.
Shuningdek, tanlov doimiy ish o‘rinlari yaratish va xotin-qizlarning iqtisodiy imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
