Faxrli xushxabar!
2026-03-05 10:55:00 / Yangiliklar
Bugun Kegaylishi Satniyazova Indira Qaniyaz qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati bo‘ldi. U QQDU 3-kurs talabasi.

Bugun Kegaylishi Satniyazova Indira Qaniyaz qizi Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti laureati bo‘ldi. U QQDU 3-kurs talabasi.
Shu bilan Kegeyli tumanida tug‘ilib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga sazovor bo‘lgan qizlarning soni 5 nafarga yetdi.
Bungacha Kegeyli tumanidan Fazu Sherjanova, Nesiybelli Mambetrzayeva, Ayjamal Karamatdinova va Nursulıw Kokanovalar ushbu nufuzli mukofotning laureatlari bo‘lgan edi.
Bu yutuq - nafaqat sovrindorlar, balki butun Kegeyli tumani uchun katta faxr. Yurtimizda bilimli, intiluvchan va iste’dodli qizlar yetishib chiqayotganining yana bir yorqin tasdig‘idir.
Mukofot sohibasi Indira Satniyazovani, uning ota-onasi va ustozlarini tuman hokimligi nomidan tabriklaymiz.
