Ijtimoiy-ma’naviy barqarorlik va islohotlar mohiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.
2026-02-10 21:30:00 / Matbuot anjumanlari

Bugun jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, millatlararo totuvlikni mustahkamlash hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning ahamiyatiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi.
Konferensiya davomida ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha qabul qilingan Farmon va qarorlarning mazmun-mohiyati, ularning Kegeyli tumanida aholi turmush darajasini oshirish, barqaror rivojlanishni ta’minlashdagi o‘rni bo‘yicha atroflicha ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, jamiyatda o‘zaro hurmat, bag‘rikenglik va hamjihatlikni mustahkamlash, turli millat va elat vakillari o‘rtasida do‘stona munosabatlarni yanada rivojlantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilayotgani alohida ta’kidlandi.
Matbuot anjumani ochiq muloqot va jamoatchilikni islohotlar mazmunidan xabardor qilishda muhim ahamiyat kasb etdi.
