Kegeyli tumanida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan media-tur o‘tkazildi
2026-02-10 21:15:00 / Yangiliklar

Bugun Kegeyli tumanida yoshlarga qaratilgan davlat siyosati, yaratilgan imkoniyatlar va amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan media-tur tashkil etildi.
Tadbirda jurnalist va ijtimoiy tarmoq faollari ishtirok etib, tumanda yoshlar bandligi, ta’lim olishi, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va huquqbuzarliklarning oldini olish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
Media-tur davomida "Yoshlar balansi," "Yoshlar daftari" va bandlik dasturlari doirasida erishilgan aniq natijalar, manzilli ko‘maklar va yangi tashabbuslar haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Ushbu media-tur orqali yoshlar bilan ishlashdagi ochiqlik, tizimli yondashuv va amaliy natijalar ommaviy axborot vositalari va raqamli platformalar orqali keng jamoatchilikka yetkazildi.
