O‘zLiDeP tomonidan Kegeyli tumani mahallalarda tadbirkor ayollarni aniqlamoqda
2026-02-10 18:20:00 / Yangiliklar

Xotin-qizlarning tadbirkorlik darajasini ro‘yobga chiqarish, ularning ijtimoiy-iqtisodiy faolligini oshirish, shuningdek, mahallalarda tadbirkor ayollar safini yanada kengaytirishga qaratilgan "Mahallaning tadbirkor ayoli" tanlovi doirasidagi mahalla bosqichi hozirgi kunda joylarda keng ko‘lamda o‘tkazilmoqda.
Xususan, Kegeyli tumanidagi "Obod makon" va "Nurli bo‘ston" mahalla fuqarolar yig‘inlarida tanlovning mahalla bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda xalq deputatlari Kegeyli tumani Kengashi kotibiyati boshlig‘i O‘zLiDeP deputati B.Iskenderov hamda O‘zLiDeP Kegeyli tumani Kengashi apparat boshlig‘i P.Bayjanovlar ishtirok etib, mahallalarda ish olib borayotgan tadbirkor ayollar bilan uchrashdi. Uchrashuvlar davomida xotin-qizlarning tadbirkorlik faoliyati, erishgan yutuqlari, muammolari va kelgusidagi rejalari bilan yaqindan tanishdi.
Tanlov doirasida "Obod makon" MFYda faoliyat yuritayotgan tadbirkor Jumanova Zamiraning "Gloriya pardalari" xususiy tikuv sexi hamda "Nurli bo‘ston" MFY hududida faoliyat yuritayotgan tadbirkor Allamuratova Salimaning "Asemay" go‘zallik saloni ishlari bilan tanishdi.
