Agentlik tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 mega loyiha
2026-01-30 11:05:00 / Yangiliklar

Bugun Kegeyli tumani "Yoshlar markazi" majlislar zalida umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlari, direktor o‘rinbosarlari va mahalladagi yoshlar yetakchilari ishtirokida agentlik tashabbusi bilan ilgari surilgan 5 mega loyiha
1️ 👉 Ibrat farzandlari
2️ ️Mutolaa
3️UzChes
4️Ustoz AI
5️Qizlar akademiyasi bo‘yicha loyihalarga koordinator etib biriktirilgan yoshlar yetakchilari tomonidan targ‘ibot ishlari olib borildi.
️Bunday targ‘ibot ishlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad, maktablardagi o‘quvchilarni va mahalladagi yoshlarni loyihalarga qamrab olish orqali ularning hayotda o‘z yo‘lini topishiga yordam berish, chet tillarini o‘rganishga qiziqtirish va kasb-hunarga yo‘naltirish hisoblanadi.
✓ Tadbir davomida har bir loyiha bo‘yicha mas’ullar tomonidan tayyorlangan taqdimotlar orqali yig‘ilganlarga mobil ilovalardan ro‘yxatdan o‘tish, foydalanish tartibi, ilovalari va afzalliklari haqida keng tushunchalar berib o‘tildi.
