Prezidentimizning xalqimizga va Oliy Majlisga Murojaatnomasi hamda "O‘zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalar mazmun-mohiyati bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi.
2026-01-24 20:00:00 / Yangiliklar

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda "O‘zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida Kegeyli tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, xotin-qizlar faollari, yoshlar yetakchilari hamda korxona-tashkilotlar ishtirokida seminar o‘tkazildi.
Unda so‘zga chiqqan tegishli tashkilotlar yig‘ilganlarga murojaat bo‘yicha belgilangan mavzularda tushuntirib berdi.
Unda davlatimiz rahbari tomonidan ilgari surilgan muhim tashabbuslar, jamiyat hayotining barcha sohalarini qamrab olgan islohotlar, inson qadrini ulug‘lash, ijtimoiy adolatni ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ta’lim va madaniyat sohalarini rivojlantirish ko‘zda tutilgan.
Tuman hokimi o‘rinbosari A.To‘remuratov 16 ta mahallada O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga Murojaatnomasi hamda "O‘zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka yetkazish bo‘yicha reja asosida tashkiliy ishlar, seminarlar, aholi o‘rtasida davra suhbatlari o‘tkazish bo‘yicha topshiriqlar berdi.
