"O‘ZBEKISTON - 2030" STRATEGIYASINI TAKOMILLASHTIRISH MASALALARI MUHOKAMA ETILDI
2026-01-23 18:10:00 / Yangiliklar

Bugun Kegeyli tumani maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi majlislar zalida "O‘zbekiston-2030" strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalarning mazmun-mohiyatini keng targ‘ib qilish, shuningdek, strategik maqsadlar bo‘yicha deputatlar va aholining fikr, takliflarini eshitish maqsadida tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi deputati B.Habibullayev, tuman Kengashi deputatlari, ta’lim tashkilotlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbirda ma’ruzachilar "O‘zbekiston-2030" strategiyasida belgilab berilgan ustuvor vazifalar haqida to‘xtalib o‘tdi.
Shuningdek, tadbirda so‘zga chiqqanlar uchrashuv ishtirokchilarini hozirgi vaqtda https://uzbekistan2030.uz portaliga o‘zlarining fikr va takliflari bilan faol ishtirok etishga chaqirdi.
