Hayotdan so‘z|1-son| Jasur Mirzabaev
2026-01-20 09:50:00 / Yangiliklar

Kegeyli tumani hokimligining Axborot xizmati faoliyatida birinchi marta podkast uslubida tayyorlangan "Hayotdan so‘z" podkasti suratga olinib, xalqimizga taqdim etilmoqda!
Ushbu loyiha orqali tumanimizda turli sohalarda faoliyat yuritayotgan, muvaffaqiyatga erishgan oddiy insonlar bilan suhbatlashib, ularni sizlarga tanishtirib boramiz.
Albatta, har qanday yangi tashabbusning dastlabki sonida ayrim xato va kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Biz bunga to‘g‘ri qarab, kelgusida yanada sifatli, mazmunli va qiziqarli podkastlar tayyorlashga harakat qilamiz.
Aziz tuman aholisi!
Sizni ushbu yangi loyihani qo‘llab-quvvatlashga, fikr va takliflaringiz bilan ishtirok etishga chorlaymiz. Sizning qo‘llab-quvvatlashingiz biz uchun juda muhim!
Kelajakka birgalikda rivojlanamiz, birgalikda yangilik yaratamiz! 💙
Kegeyli tumani hokimligi Axborot xizmati
