Kegeyli tumanida mebel eksporti faoliyati yo‘lga qo‘yildi
2026-01-11 15:30:00 / Yangiliklar
Kegeyli tumani hududida faoliyat yuritayotgan "Kegeyli mebel" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mebel mahsulotlarining eksporti yo‘lga qo‘yildi.

Kegeyli tumani hududida faoliyat yuritayotgan "Kegeyli mebel" korxonasi tomonidan ishlab chiqarilgan mebel mahsulotlarining eksporti yo‘lga qo‘yildi.
Korxonada ishlab chiqarilgan 23 turdagi mebel mahsulotlari Qozog‘iston Respublikasining Mang‘istov viloyatida joylashgan Aqtaw shahriga eksportga jo‘natildi.
Ta’kidlash joizki, ushbu eksport Kegeyli tumanida mebelsozlik sohasida amalga oshirilgan birinchi eksport hisoblanadi.
Bu yutuqni mahalliy ishlab chiqarishni rivojlantirish, eksport salohiyatini oshirish va tadbirkorlik subyektlarini qo‘llab-quvvatlash yo‘lidagi amaliy natijalardan biri deyish mumkin.
