KEGEYLI TUMANIDA KORRUPSIYANING OLDINI OLISHGA QARATILGAN TARG‘IBOT-TASHVIQOT ISHLARI O‘TKAZILDI
2025-08-14 18:50:00 / Yangiliklar

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘limi boshlig‘i B.Matmuratov, Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasidan R.Sadikov bilan birgalikda Kegeyli tumanida korrupsiyaning oldini olish va unga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazdi.
Tashrif davomida tuman tibbiyot birlashmasi va Madaniyat mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish jarayonida, fuqarolar uchun korrupsiya holatlari bo‘yicha murojaat qilish imkonini beruvchi ishonch telefon raqamlari yozilgan ma’lumotnomalar tashkilot binosining ko‘rinarli joylariga osib qo‘yilishi lozimligi ta’kidlandi.
Tadbirlar davomida xodimlar va mahalla ahli bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, korrupsiyaning salbiy oqibatlari, uni keltirib chiqaruvchi omillar va unga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmlari haqida tushunchalar berildi.
