Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda.
2025-12-20 10:50:00 / Yangiliklar

"Yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Prezident qarorining mazmun-mohiyatini soliq to‘lovchilarga yetkazish maqsadida tashkil etilayotgan navbatdagi targ‘ibot tadbiri Kegeyli tumanida davom etdi.
Uchrashuvda Soliq boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari va Savdo-sanoat palatasi raisi tomonidan tadbirkorlarga yashirin iqtisodiyot ulushini sezilarli darajada qisqartirish, soliq solish bazasini kengaytirish maqsadida qabul qilingan mazkur qaror bilan yakka tartibdagi tadbirkorlar va o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar uchun berilayotgan imtiyozlar yetkazildi.
Mutaxassislar tomonidan "Paynet" ilovasining "Xolis" xizmat shaklida davlat ro‘yxatidan o‘tkazishdan tortib hisobot topshirishgacha bo‘lgan barcha asosiy xizmatlar ko‘rsatib o‘tilib, raqamli platformadan foydalanish tartiblari to‘liq tushuntirildi.
