Kegeylida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida keng ko‘lamli ishlar davom etmoqda.
2025-12-18 14:30:00 / Yangiliklar
Loyiha doirasida "NEW VINEYARD START" MCHJ tomonidan Qumshungil QFY hududidan 55 gektar maydonga 200 ming dona uzum ko‘chatlari ekish ishlari boshlandi. Tadbirda Kegeyli tumani hokimi A.Kamalov ishtirok etib, ko‘chat ekish ishlariga hissa qo‘shdi.

Uzum ko‘chatlarini ekish ishlari Agrosanoatni rivojlantirish agentligining Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumani loyiha ofisi hamda Akademik Mahmud Mirzayev nomidagi Bog‘dorchilik, uzumchilik va vinochilik ilmiy-tadqiqot instituti Qoraqalpoq ilmiy-tajriba stansiyasi mutaxassislari ishtirokida amalga oshirilmoqda.