Kegeylida yana bir "Kunduzgi kutish" xizmati yo‘lga qo‘yildi.
2025-11-25 14:45:00 / Yangiliklar

Prezidentimizning 2025-yil 3-fevral kungi "Nogironligi bo‘lgan bolalarga ijtimoiy xizmat va yordam ko‘rsatish tizimini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi PQ-41-sonli Farmoni asosida Kegeyli tumani Juzimbog‘ QFY hududida yana bir "Kunduzgi parvarish" xizmati ishga tushirildi.
Kegeyli tumani "Inson" ijtimoiy xizmatlar markazi bilan hamkorlikda yakka tartibdagi tadbirkor Eseyeva Dinara Djaksimuratovna tadbirkorlarga berilayotgan imkoniyatlardan foydalanib ushbu xizmatni tashkil etmoqda.
Bundagi asosiy maqsad imkoniyati cheklangan bolalarga ijtimoiy muhit yaratish va ularning ota-onalari o‘z bandligini ta’minlashiga ko‘maklashishdir. Hozirda ushbu xizmatga 7 nafar bola qamrab olinib, 3 nafar fuqaroga ish o‘rni yaratildi.
